Ushbu mazali taom oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi tabiiy.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 4 dona;
  • pomidor – 1-2 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • pishloq – 80-100 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 choy qoshiq;
  • smetana yoki mayonez – 3-4 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi qandolat plyonkasiga o‘ralib, yaxshilab uriladi va tuz, ziravorlar sepiladi.
  2. Piyoz va pomidor dumaloq shaklda to‘g‘raladi.
  3. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  4. Tovuq bo‘laklari yog‘langan qolipga joylashtiriladi. Ustidan smetana yoki mayonez surtiladi. So‘ngra pomidor va piyoz terilib, pishloq sepiladi.
  5. Taom 190 daraja pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz