Ko‘zimiz hayotimizdagi eng qadrli ne’matlardan biri. Ammo ko‘pchilik ularning salomatligini e’tiborsiz qoldirib, oddiy kundalik odatlari orqali ko‘rish qobiliyatini asta-sekin yomonlashtiradi. Ushbu maqolada ko‘zingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 5 asosiy odatni aniqlaymiz va ularni qanday bartaraf etish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock

1. Ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tkazish

Kompyuterda ishlash, gadjetlardan foydalanish, turli yozishmalar, kechki vaqtda serial ko‘rish — bularning bari bir kunda o‘rtacha 10–12 soat vaqtimizni oladi. Ko‘zning doimiy zo‘riqishi quruq ko‘z sindromiga va charchoqqa olib keladi.

Yechim:

  • 20-20-20 qoidasiga rioya qiling: har 20 daqiqada ekrandan ko‘zingizni olib, 6 metr naridagi obyektga 20 soniya qarang;
  • Biror devorga xayoliy nuqta chizing, unga diqqat qiling, keyin uzoqqa qarang.
  • Ko‘z massaji: ko‘zlaringizni yuming va qovoqlaringizni yengil massaj qiling.
  • Ekran yorqinligini xonaning yorug‘ligiga moslang;
  • Smartfondagi “Qorong‘i” rejimidan foydalaning (oq fonda qora matn).

2. Makiyaj bilan uxlash

Kosmetika qoldiqlari yog‘ bezlarini yopib qo‘yadi va ko‘zning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Yechim:

  • Har doim uyquga yotishdan oldin makiyajni tozalang;
  • Maxsus makiyaj tozalovchi vositalardan foydalaning.

3. Yetarli uxlamaslik

Uyqu yetishmasligi ko‘z qizarishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, tez charchashga olib keladi.

Yechim:
Har kuni 7–8 soat uxlashga harakat qiling.

Foto: Dentoptics
Foto: Dentoptics

4. Ko‘zni quyosh nuridan himoya qilmaslik

Ultrabinafsha nurlari, hatto bulutli kunda ham, qorachiq, ko‘z nurlari linzasi va to‘r pardasiga zarar yetkazadi.

Yechim:

  • UV filtri bo‘lgan quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak taqing.
  • Keng shlyapalardan foydalaning.
  • UV himoyasi bo‘lgan linzalarni taqqan bo‘lsangiz ham, ko‘zingizni qo‘shimcha ko‘zoynak bilan himoya qiling.

5. Oftalmologga bormaslik
Ba’zi ko‘z kasalliklari belgisiz kechadi, lekin ko‘rish qobiliyatini yomonlashtirib boraveradi.

Yechim:

  • Har yili profilaktik ko‘rikdan o‘ting;
  • 40 yoshdan keyin muntazam tekshiruvlardan o‘ting.

От qwert.uz