Ko‘pchilik uchun kunning eng yoqimsiz qismi ertalab hisoblanadi. Biz har kuni bir xil odatlarni takrorlaymiz. Afsuski, ularning ba’zilari terimiz uchun unchalik foydali emasligi aniqlangan.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Freepik

Qahva, qahva va yana qahva 

Foto: Freepik

Agar siz ham ertalab bir chashka qahva ichib, yo‘lda yana bir stakan aromatik ichimlik olib, ishga kirsangiz, bu odat teri uchun mutlaqo foydali emas. Ortiqcha kofein tanani suvsizlantiradi, bu esa erta ajinlar va terining qurishiga olib keladi. Qahvadan butunlay voz kechish shart emas, ammo har bir chashkadan keyin suv ichishni odat qiling — teringiz buning uchun minnatdor bo‘ladi.

Haddan tashqari tozalash

Foto: Freepik

Shuni yodda tuting: uyg‘onganingiz zahoti teringizga kechqurun ishlatadigan barcha vositalar kerak emas. Iliq suv bilan yuvinish va namlovchi krem surish kifoya. Teringiz sizga rahmat aytadi.

Jismoniy harakatning yo‘qligi

Foto: Freepik

2015-yilda Aging Cell jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, muntazam jismoniy faollik hujayralarning qarishini sekinlashtiradi. Kun bo‘yi sport zalida qolish shart emas, kuniga 20–30 daqiqa mashq qilish kifoya.

Sivorotkalarni e’tiborsiz qoldirish

Foto: Freepik

Antioksidantli sivorotkalar kundalik go‘zallik tartibining muhim qismi sanaladi. Erkin radikallar ta’sirida teri tezroq qariydi. Buning oldini olish uchun C, E vitaminlari, ferulik kislota, ko‘k choy yoki likopin kabi tarkibiy qismlar mavjud bo‘lgan sivorotkalarni ishlatish tavsiya etiladi. Sivorotkani ertalab namlovchi kremdan oldin suring.

Ko‘z atrofini unutish

Foto: Freepik

Ko‘zlar — bu qalb oynasi, lekin  mayda ajinlar va osilgan teri bu go‘zallikka yarashmaydi. Shu sababli ko‘z atrofidagi teriga alohida e’tibor berish kerak. Gialuron kislotasi yoki kofeinli mahsulotlarni tanlang. Ular ko‘z tagidagi qora dog‘larni va yumshoq teri muammolarini yaxshi hal qiladi. Yoz oylarida quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklarni sumkangizdan hech qachon olib qo‘ymang.

От qwert.uz