Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda chikungunya virusi epidemiyasi yuzaga kelganini ma’lum qilib, shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Nur Kazakhstan xabar berdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto:
Foto: Global Biodefense

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 119 ta mamlakatdagi 5,6 milliard kishi chikungunya virusini yuqtirish xavfi ostida. 20 yil avval ham ushbu kasallikning avj olishi oqibatida yarim millionga yaqin odam jabr ko‘rgandi.

Hozirgi epidemiya qurbonlarining soni milliardlab bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ushbu virus hozirda MadagaskarSomali va Keniya kabi mamlakatlarda tarqalmoqda. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, jumladan, Hindistonda ham infeksiya yuqtirish holatlari qayd etilgan.

JSST rasmiy veb-saytida bildirilishicha, chikungunya — bu chikungunya virusi keltirib chiqaradigan kasallik bo‘lib, u odamlarga zararlangan chivinlar orqali yuqadi. Uning o‘choqlari asosan Amerika, Osiyo va Afrika qit’alarida uchraydi.

Chikungunya — chikungunya virusi (CHIKV) keltirib chiqaradigan infeksiya. Kasallik ilk marta 1952-yilda Tanzaniyada aniqlangan. U isitma va bo‘g‘imlardagi kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi. Bu ko‘pincha uzoq davom etadi va holdan toydiradi. Kasallikning boshqa simptomlariga bo‘g‘imlarning shishishi, mushak og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, charchoq va toshmalar kiradi. Og‘ir va o‘limga olib keladigan chikungunya holatlari kamdan-kam uchraydi. U odatda yosh bolalar va boshqa yondosh kasalliklari bo‘lgan keksa odamlarda qayd etiladi.

Foto: Medpage Today
Foto: Medpage Today

Virus odamlar o‘rtasida Aedes oilasiga mansub ikki turdagi chivinlar tomonidan tarqatiladi: Aedes albopictus va Aedes aegypt. Ular asosan kunduzi chaqadi. Virus bir qator hayvonlar, jumladan qushlar va kemiruvchilar orqali ham tashiladi. Tashxis virusli RNK yoki qondagi virusga qarshi antitanachalarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.

От qwert.uz