Ko‘k choy uzoq vaqtdan beri foydali ichimlik sifatida qadrlanib kelgan. So‘nggi yillarda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra , ko‘k choy miyaning qarishiga qarshi kurashishda va Alsgeymer kasalligidan himoya qilishda ham samarali bo‘lishi mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Uning tarkibidagi epigallokatexin gallat (EGCG) moddasi nerv hujayralarining energiya muvozanatini tiklab, ularni zararli oqsil qoldiqlaridan tozalashga yordam beradi.

Yosh ulg‘aygani sayin va Alsgeymer kasalligi rivojlanishi bilan nerv hujayralarida guanozintrefosfat (GTP) deb ataladigan moddaning miqdori pasayadi. Bu modda hujayra uchun asosiy quvvat manbai hisoblanadi. Chunku bunday modda hujayralardagi chiqindilarni tozalovchi mexanizmlar uchun zarur. Agar to‘qimalarda GTP yetishmasa, bu tizimlar sekinlashadi yoki izdan chiqadi. Oqibatda hujayralarda turli zararli oqsil va ularning to‘plami yuzaga keladi. Ulardan eng xavflisi aynan Alsgeymer bilan bog‘liq beta-amiloid oqsilidir.

Laborator tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choydagi EGCG moddasi va nikotinamid (B3 vitaminining bir shakli) birgalikda qo‘llanganda atigi 24 soat ichida qarishga moyil nerv hujayralarida GTP miqdorini tiklay olgan. Bu jarayon hujayralarning o‘zini-o‘zi tozalash faoliyatini qayta ishga tushirgan, ularning chidamliligini oshirgan hamda miyaning qarishiga sabab bo‘ladigan oksidlovchi stressni kamaytirgan.

Ko‘k choyning boshqa foydalari

Foto: Freepik

Ko‘k choy tarkibida turli antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular orasida eng kuchlisi EGCG sanaladi. Bu ichimlik muntazam iste’mol qilinganda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamayadi, moddalar almashinuvini yaxshilanadi va ayrim turdagi saraton kasalliklarining oldi olinadi.

EGCG moddasi yana bir o‘ziga xos xususiyatga ega: u qon va miya o‘rtasidagi tabiiy himoya to‘sig‘idan o‘ta oladi. Bu to‘siq odatda ko‘plab moddalarni miyaga o‘tkazmaydi. EGCG esa to‘g‘ridan to‘g‘ri asab tizimiga yetib boradi, bu esa uni kelajakda dori vositalari ishlab chiqish uchun yangi istiqbolni yaratadi.

От qwert.uz