Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, organizm uchun juda muhim organ bo‘lib, metabolizm jarayonlarini boshqarishda markaziy rol o‘ynaydi. U to‘g‘ri ishlaganda o‘zimizni kuchli va energiyaga to‘la his qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Ammo ba’zan uning faoliyati buzilishi mumkin, bu esa butun tanaga ta’sir qiladi. Agar o‘zingizda tushunarsiz o‘zgarishlar sezsangiz, buni faqat stress yoki yosh bilan izohlashga shoshilmang — ehtimol, bu qalqonsimon bezingizning signalidir.

Har qanday buzilishlar dastlab oddiy belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Quyida qalqonsimon bez funksiyasidagi muammolarni aniqlashga yordam beruvchi asosiy alomatlarni keltiramiz.

1. Tana vaznining keskin o‘zgarishi

Agar qalqonsimon bez gormonlari yetishmasa, gipotireoz rivojlanadi, bu esa metabolizmning sekinlashishiga va tana vaznining ortishiga olib keladi. Aksincha, bez faoliyati ortsa, ochlik hissi mavjud bo‘lsa ham, vazn keskin kamayishi mumkin. Shu kabi o‘zgarishlar sezilsa, qalqonsimon bez funksiyasini tekshirish zarur.

2. Doimiy charchoq va kuchsizlik

Qalqonsimon bez disfunksiyasi odamni doimiy charchoq va kuchsiz his qilishiga olib keladi. Hatto yetarli uxlashga qaramay, organizm o‘zini dam olgan his qilmaydi. Kasallik asabiylashish va ortiqcha ruhiy taranglik bilan birga kelishi mumkin.

3. Teri va sochning holati

Gipotireozda teri quruqlashadi, sochlar mo‘rtlashadi va ko‘p hollarda ortiqcha terlash kuzatiladi. Qalqonsimon bezning disfunksiyasi soch to‘kilishi bilan ham kechadi.

Foto: Shutterstock

4. Xotira va diqqatni jamlashdagi muammolar

Fikrlashning sustlashishi, xotiraning zaiflashishi ham gipotireoz belgisi bo‘lishi mumkin. Giperfunksiya esa bezovtalik va ortiqcha ruhiy faollik bilan namoyon bo‘ladi.

5. Hayz siklning buzilishi

Ayollarda qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar hayz siklining tartibsizligi va og‘riqli bo‘lishiga olib keladi.

6. Yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar

Agar qalqonsimon bez funksiyasi oshib ketsa, yurak urishining tezlashadi va qon bosimi ko‘tariladi. Gipotireoz esa yurak ritmini sekinlashtiradi va xolesterin darajasining oshishiga olib keladi.

Qo‘shimcha alomat: qalqonsimon bezning kattalashishi

Bu holat xalqona tilda “zob” deb ataladi. U bez funksiyasi pasayganda ham, ortganda ham yuzaga keladi. Ba’zan hech qanday simptom sezilmaydi, ammo ayrim hollarda yutish qiyinlashishi mumkin.

От qwert.uz