Muayyan turdagi jismoniy mashqlarning foydasi haqida bir nechta keng qamrovli tadqiqotlar mavjud. Jismoniy faollik o‘lim xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash uchun olimlar katta guruhdagi odamlarni bir necha yil davomida kuzatadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Natijalar tahlili asosida sport bilan shug‘ullanish umumiy o‘lim xavfi yoki yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etish ehtimoli bilan qay darajada bog‘liqligini aniqlaydilar. Biz keng ko‘lamli tadqiqotlarda o‘rganilgan bir nechta faoliyat turlarini sanab o‘tamiz.

1. Tennis va badminton

Olimlar tennis va badminton o‘ynash o‘lim xavfini 47 foizga, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini esa 59 foizga kamaytirishini aniqladi. Bu xulosaga kelish uchun tadqiqot mualliflari 80 mingdan ortiq katta yoshli britaniyaliklarning ma’lumotlarini tahlil qildilar.

Agar kam harakatli odam tennis bilan shug‘ullansa, bu uning umriga deyarli 10 yil, badminton bilan esa olti yil qo‘shishi mumkin ekan. Olimlar 25 yil davomida 8,5 ming ishtirokchining ma’lumotlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.Эти виды спорта больше всего продлевают жизнь – «Холод»

2. Velosport

Kopengagenda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, velosipedchilar ikki g‘ildirakli transportda yurmaydigan odamlarga nisbatan uch yil ko‘proq yashashi mumkin.

Boshqa ilmiy izlanishlarda olimlar velosipedda yurish o‘lim xavfini 11-15 foizga kamaytirishi mumkinligini aniqlashgan. Shu bilan birga, bunday afzalliklarga haftasiga taxminan 3 soat juda sekin sur’atda — 16 km/soatdan sekinroq yurish orqali erishish mumkin ekan.

50-65 yoshli daniyaliklar ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, velosipedda yurish va uni ishga minib borish o‘lim xavfini 24 va 22 foizga kamaytiradi.

Летние виды спорта для детей, какими видами спорта занять ребенка летом

3. Suzish

Bu faoliyat har qanday o‘lim xavfini 28 foizga, yurak-qon tomir kasalliklaridan esa 41 foizga kamaytirish bilan bog‘liq. Shiddatli — nafas olishi qiyinlashib, terlab-pishib shug‘ullangan suzuvchilar uzoqroq umr ko‘rishgan. Bu 2017-yilgi tajribada aniqlangan.

Kopengagen tadqiqotida olimlar suzish taxminan umrni uch yilga uzaytirishi mumkinligini taxmin qilishgan.

4 вида спорта, которые продлевают жизнь

4. Yugurish

Yugurish har qanday sabablar tufayli o‘lim xavfini 30 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari sababli esa 45 foizga kamaytiradi. Hisob-kitoblar uchun tadqiqot mualliflari 15 yil davomida 55 mingdan ortiq katta yoshdagi insonlarning ma’lumotlarini tahlil qildilar.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hatto kuniga 10-15 daqiqa juda sekin tezlikda yugurish umrni o‘rtacha uch yilga uzaytirishi mumkin ekan.

Виды спорта, которые продлевают жизнь - Виды спорта - Фитнес - MEN's LIFE

5. Aerobika va fitnes

2017-yildagi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aerobika o‘lim xavfini 27 foizga, yurak-qon tomir kasalliklaridan esa 36 foizga kamaytirar ekan. Shu bilan birga, tadqiqotchilar guruh mashg‘ulotlari eng katta foyda berishini ta’kidladilar.

Kopengagen tadqiqotida olimlar, shuningdek, jismoniy faollik paytidagi ijtimoiy munosabatlarning ahamiyatini qayd etdilar: bunday munosabatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, sport umr davomiyligiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Тело в дело: спорт для тех, кому за 50 | Московское здоровье

Sport umr ko‘rishga ta’sir qilmasligi yoki uni qisqartirishi mumkinmi?

Sportning umr ko‘rishga ta’siri asosan aholi orasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘rganiladi. Bunday ilmiy ishlar bog‘liqlikni ko‘rsatishi mumkin, lekin uni isbotlay olmaydi. Doimo inson sog‘lom bo‘lgani uchun uzoqroq yashagani va aynan shu sababli sport bilan shug‘ullangani ehtimoli mavjud.

Ehtimoliy xatoliklardan qochish maqsadida bir tajribada olimlar 30 yil davomida 22 mingdan ortiq egizaklar juftligi haqidagi ma’lumotlarni olib, jismoniy faollik ularning biologik qarish tezligi va vafot etish xavfiga ta’sir qilish-qilmasligini tekshirib ko‘rishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kamharakat odamlar va haddan tashqari faol ishtirokchilar o‘rtacha harakat qilganlarga qaraganda tezroq qariydi.

Летние виды спорта

Olimlar jismoniy faollikning o‘zi vafot etish xavfiga minimal ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishdi. Genetika va turmush tarzi ko‘proq ahamiyatga ega: ko‘proq harakat qiladigan odam kamroq vaznga ega bo‘ladi, kamharakat odamga qaraganda kamroq chekadi va spirtli ichimliklar ichadi. Ya’ni, boshqa zararli omillar istisno qilinsa, sportning foydasi unchalik katta bo‘lmaydi.

Ammo sport sog‘lom vazn va yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam bersa, u haqiqatan ham umrni uzaytirishi mumkin. Bundan tashqari, hayotni yanada qiziqarli va baxtli qilishi shubhasiz.

От qwert.uz