
Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Sergey Leonov yog‘siz sutning organizmga salbiy ta’siri haqida ogohlantirdi. Uning fikricha, bunday mahsulot insulinni keskin oshirib, qisqa vaqt ichida ochlik hissini kuchaytiradi. Mutaxassis bunday ta’sirga ega bo‘lmagan, aksincha ochlikni nazorat qilishga yordam beradigan mahsulotlarni tanlashni tavsiya qildi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Ochlik hissini bosadigan foydali mahsulotlar
Tuxum
Tuxum ochlik hissini yo‘qotadi va bu tana vazniga zarar qilmaydi. Shu sababli tuxumni nafaqat nonushtada, balki kechasi ochlik kuchayganida ham yeyish tavsiya etiladi.
Baliq
Xususan, omega-3 yog‘ kislotalariga boy baliqlar (masalan, losos) ochlikka qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Eng to‘yimli va foydali kombinatsiya — yog‘li baliqni sabzavot yoki kartoshka bilan iste’mol qilish. Baliqni bug‘da pishirish eng maqbul usul hisoblanadi.
Zaytun

Zaytun tarkibidagi linolev kislotasi ishtahani kamaytiradi va qondagi shakar darajasini pasaytiradi. Ammo bu foydali xususiyatlar faqat tabiiy mahsulotda saqlanadi — tarkibida sun’iy ta’m kuchaytirgichlar bo‘lmasligi kerak.
Tofu
Proteinlarga boy mahsulotlar ochlikni kamaytiradi. Tofuda oqsil yetarlicha ko‘p, kaloriyasi esa past. Bu esa vaznni nazorat qilishga yordam beradi.
Yong‘oqlar va urug‘lar
Ular kaloriyaga boy bo‘lsa-da, uzoq vaqt to‘qlik hissini ta’minlaydi. Yong‘oqlar oqsil va tolalarga (kletchatka) boy — bu esa ishtahani kamaytirishga yordam beradi.
Kletchatka (o‘simlik tolasi)
Kletchatka ikki xil bo‘ladi: qattiq (masalan, selderey, qizil karam) va eriydigan (masalan, chia urug‘i). Ular oshqozonni to‘ldiradi, to‘qlik hissini beradi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va vaznni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu mahsulotlar har kimning ovqatlanish ratsionida bo‘lishi kerak.
Avokado

Avokado tarkibida to‘yinmagan foydali yog‘lar bor. Ular ishtahani bosadi va miyada “to‘qman” degan signalni faollashtiradi, bu esa ovqatlanishni nazorat qilishga yordam beradi.

Ozoda Mahmudova
