
Chang – bu kattaligi 10 dan 0,01 mikrongacha (mikron — bu millimetrning 1/1000 qismi) bo’lgan mitti ob’ektlardir. Odatda, bular o’lik teri zarralari, kiyim-kechak, jun va hayvonlarning ekskrementlari, maishiy buyumlar, tuproq, qog’oz, qurilish materiallarining mayda bo’laklari, o’simliklar gulchangi, transport chiqindilari va hokazolardir. Bundan tashqari, changning 80% qismi zamburug’ sporalari, mikroorganizmlar va bakteriyalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun chang, agar unga qarshi kurashilmasa, kasallik manbai bo’lishi mumkin.
Manba: «Factodrom.com»
Zamonaviy shahar xonadonida bir yil davomida 10 kg dan ortiq chang to’planadi. Taxminan bu miqdorning 30%-40% qismini yashovchilarning o’zlari hosil qiladi, qolgani esa deraza va eshiklar orqali kiradi.
Biroq, chang nafaqat zararli, balki foydali hamdir! Lekin u aniq bir kishi uchun zararli bo’lsa, butun sayyora aholisi uchun foydalidir. Gap shundaki, Yer atmosferasidagi barcha chang hajmi uning iqlimiga ta’sir qiladi. Chang zarralari quyosh radiatsiyasining bir qismini yutadi, shuningdek, bulutlar shakllanishida ishtirok etadi.
Tabiatda changning «aylanishi» ham mavjud, chunki u doimiy ravishda shamollar va yog’ingarchiliklar orqali harakatlanadi. Shuning uchun sizning deraza tokchangizda Vezuviy kuli, javoningizda esa Gobi cho’li zarralari osongina topilishi mumkin.
Yana shuni bilasizmi — kosmosda kosmik chang juda ko’p va har kuni sayyoramizga uning 60 dan 100 tonnagachasi tushadi!
