Источник: Google Gemini

Biz qadoqdagi “shakarsiz”, “yog‘siz”, “tabiiy” yoki “vitaminlarga boy” kabi yozuvlarga ishonishga o‘rganib qolganmiz. Marketologlar esa jozibali va balandparvoz va’dalar orqali oddiy mahsulotlarni salomatlik, chiroyli qomat va uzoq umr garovidek ko‘rsatib, ularni go‘yoki “superfud”ga aylantirishni uddalashgan.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Ko‘k choy, bo‘tqa, qora non: “sog‘lom” deb o‘ylagan mahsulotlarimiz unchalik foydali emasligini bilarmidingiz?

Biz qadoqda yozilgan “shakarsiz”, “yog‘siz”, “tabiiy”, “vitaminlar manbai” degan yozuvlarga ishonishga odatlanganmiz. Marketologlar balandparvoz so‘zlarni qo‘shib, salomatlik, xushqomatlik va uzoq umr ko‘rishni va’da qilgan holda, oddiy oziq-ovqatlarni “superfud”larga aylantirishni o‘rganib olishgan. Ammo ularning tarkibiga sinchiklab qarasangiz, sog‘lom ovqatlanishning ko‘plab ideallashtirilgan mahsulotlari o‘z jozibasini yo‘qotadi.

Bo‘tqalar

Avvaldan nonushtaga bo‘tqa yeyish ham foydali, ham mazali deb hisoblanadi. Ammo gap qadoqlangan tayyor bo‘tqa emas, balki an’anaviy pishiriladigani haqida ketmoqda. Gap shundaki, deyarli barcha tez tayyorlanadigan bo‘tqalarga ko‘p miqdorda shakar qo‘shiladi, yormaning o‘zi esa shunchaki qayta ishlangan dondir. Ularni iste’mol qilish organizmga hech qanday foyda keltirmaydi.

Ularning ba’zilarida uchraydigan meva va quritilgan rezavorlar bo‘laklarini umuman e’tiborga olmasa ham bo‘ladi — ularning miqdori shunchalik ozki, bunday “to‘yimli” qo‘shimchalarning o‘rni deyarli sezilmaydi. Kuchli hidni ham umuman ular emas, balki qo‘shilgan sun’iy aromatizatorlar beradi. Shuning uchun agar nonushtadagi bo‘tqadan voz kechishni istamasangiz, erinmang, uni o‘zingiz pishiring. Shunda ham iloji boricha sutda emas, suvda pishirgan ma’qul. Shunday qilsangiz, foydaliroq bo‘ladi.

Myusli

Tez tayyorlanadigan bo‘tqalar singari myusli tarkibida ham ko‘pincha qayta ishlangan donlar va shakar, shuningdek, uncha foydali bo‘lmagan boshqa yog‘lar bo‘ladi. Bundan tashqari, myusli kaloriyali yegulik bo‘lib, 100 gramm mahsulotda taxminan 300 kaloriya mavjud. Demak, uning kaloriyasi yuqori, ammo ozuqaviy moddalar unchalik ko‘p emas.

Bu, ayniqsa, do‘konda sotiladigan, shokolad, turli xushbo‘ylantirgichlar va konservantlar qo‘shilgan shirin myuslilarga tegishli. Shuning uchun agar ertalab chindan ham to‘yimli, qirsillab turadigan narsa yegingiz kelsa, yaxshisi bir hovuch yong‘oq yeng yoki uy sharoitida turli masalliqlardan myuslini o‘zingiz tayyorlang. Keyin esa uni yog‘siz yogurt, kam yog‘li sut yoki ma’danli suv bilan aralashtirib iste’mol qiling.

Smuzi

Quyuq konsistensiyali bu ichimlik, unga nima solganingizga qarab, organizmingizga nihoyatda foydali yoki mutlaqo foydasiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yaxshi kokteyllar tarkibiga meva va sabzavotlar kiradi. Ularga shokolad va muzqaymoq qo‘shilmaydi. Shuning uchun mazali va to‘yimli ichimligingiz faqat foydali mahsulotlardan iborat ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ko‘k choy

Hozirgi kunda urf bo‘lgan ko‘k choy juda foydali mahsulot. Boshqa tomondan esa, u folat kislotasining o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiladi, agar homiladorlik davrida iste’mol qilinsa, chaqaloqda tug‘ma nuqsonlar xavfini oshiradi. Kuniga atigi 2-3 piyola choy ichilganda ham xavf yuzaga keladi.

Shuningdek, ko‘k choyni haddan tashqari ko‘p ichish jigar va buyrak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, ko‘k choyni iste’mol qilish xavfli bo‘ladigan doza kuniga atigi 2 oddiy piyolani tashkil etadi. Bundan tashqari, uning tarkibidagi kofein asab tizimini qo‘zg‘atadi, shu sababli sizda uyqu buzilishi va holsizlik kuzatilishi mumkin. Ichimlik uyqusizlik, taxikardiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlikdan aziyat chekuvchilarga ham tavsiya etilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, nafaqat mahsulotlarning o‘zi, balki ularning noto‘g‘ri kombinatsiyasi ham ziyon keltirishi mumkin. Masalan, agar siz yog‘siz tvorogga murabbo yoki jem qo‘shsangiz, organizm uchun foyda o‘rniga ichaklarda bijg‘ish jarayonini yuzaga keltirasiz. Bu esa hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi: ushbu jarayon davomida toksinlar ishlab chiqariladi, bu esa ushbu toksinlarni zararsizlantirishga harakat qiladigan jigar va buyraklarga qo‘shimcha zo‘riqish beradi.

Qora non

Qora nonda oq nonga qaraganda kaloriya kamroq ekanini hamma biladi. Ammo shu bilan birga, qora nonda B vitamini ko‘proq bo‘lib, u uglevodlarni yog‘ga aylantiradi va organizmda ortiqcha yog‘ sifatida to‘playdi, bu esa ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun, yaxshisi, nonni yanada foydaliroq va kaloriyasi undan-da kam bo‘lgan qarsildoq nonlarga almashtirganingiz ma’qul.

XG

Muallif

Xilola Giyosova

От qwert.uz