Qu-qu-qulab, toʼxtalib sayrab,
Аntennaga qoʼndi musicha.
Qaerdandir «rogatka» shaylab,
Bir bolakay, toshni oʼzicha,
Musichaga uchirdi, tosh xam
Yaqinlashdi musicha tomon.
Musichalar odatda begʼam,
Shundan doim axvoli yomon.
Musicha xam oʼziga kelib,
Qanot yozib, tez qildi parvoz.
Dedi shunda, mamnun jilmayib:
-«Qanotimning bori qanday soz!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF