Nonushta yoki tushlik uchun tezpishar taom retsepti kerakmi? Makaron, sabzavotlar hamda tomat pastasi bilan tayyorlanadigan, 20 daqiqada dasturxonga tortiladigan taom aynan siz uchun! — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
- Makaron – 70-80 gr;
- Zaytun yog‘i ta’bga ko‘ra;
- Tomat pastasi – 1 osh qoshiq;
- Qo‘ziqorin – 3-4 dona;
- Qizil piyoz – ½ dona;
- Selder – ½ dona;
- Sabzi – ½ dona;
- Qovoqcha (kabachki) – ½ dona;
- Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq – ½ osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
Kerakli mahsulotlar saralab olinadi.

Foto: “hi-chef.ru”
Piyoz mayda to‘g‘ralib, qizargunga qadar qovuriladi.

Foto: “hi-chef.ru”
Qovoqcha, sabzi mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘raladi. Piyoz ustidan to‘g‘ralgan mahsulotlar hamda selder solinadi.

Foto: “hi-chef.ru”
Qo‘ziqorin ham mayda to‘g‘ralib, birga qovuriladi.

Foto: “hi-chef.ru”
Tomat pastasi hamda tuz, ziravorlar solinadi.

Foto: “hi-chef.ru”
Makaron pastasi suvda qaynatib olinadi va suvi to‘kib tashlanadi.

Foto: “hi-chef.ru”
Qovurilgan massa va makaron pastasi aralashtiriladi, ustidan pishloq sepiladi.

Foto: “hi-chef.ru”
Yoqimli ishtaha!