Mazasi og‘zingizda qolishi aniq — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “Gastronom”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Karam — 1 dona
- O‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq
- Smetana – 200 gr
- Tuz

Foto: “Gastronom”
Nachinka uchun:
- Guruch – 100 gr
- Piyoz — 1 dona
- Qo‘ziqorin – 200 gr
- Qizil bulg‘ori qalampiri — 1 dona
- Sabzi — 1 dona
- Shivit, sarimsoq
Tayyorlanish jarayoni:
- Guruchni suvda pishirib oling.
- Karam barglarini tuzlangan suvda 5-6 daqiqa pishirib oling.
- Nachinka uchun yuqoridagi mahsulotlarni mayda qilib to‘g‘rang.
- Tovada qo‘ziqorinni qovurib, alohida idishga soling.
- Piyozni qovuring, bulg‘ori, sabzi va maydalangan sarimsoq solib aralashtiring.
- Qovurilgan mahsulotlarni guruch va qo‘ziqoringa qo‘shib aralashtiring.
- Ko‘katlar, tuz va murch qo‘shing.
- Karam barglari ichiga nachinkadan ikki qoshiqdan solib, o‘rab chiqing.
- Pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga do‘lmalarni terib, ustidan smetana quying.
- 180 daraja qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishiring.
- Taomni yengil salat va sous bilan iste’mol qilish mumkin.
Yoqimli ishtaha!