ZIQNА INSON:

-«Yangi yilni oʼylab topgan kim,
Esiz, xar yil — qilaman chiqim.

Sovgʼa-salom va yana archa,
Dasturxonga noz-neʼmat qancha.

Yaxshiyamki yilda bir marta,
Nishonlaymiz biz yarim-yorti.

Yil oʼn ikki oy boʼlsa agar,
«Bankrot» boʼlar edim, xar safar!»…

SАXIY INSON:

Yangi yilni oʼylab topgan kim,
Nishonlamoq, uni xam muxim.

Аrcha bezash va sovgʼa-salom,
Gashti bordir, xullasi kalom.

Dasturxon xam oʼzgacha bu kun,
Unda nozu-neʼmatlar toʼkin.

Yil oʼn ikki oy boʼlsa agar,
Nishonlardik, yayrab xar safar!…


Bayramlar xam koʼpaysin gʼoyat,
Insof bersin, barchaga shoyad!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz