“Sovg‘a” salati o‘zida tovuq, kartoshka, pishloq, piyoz hamda tuxumning ajoyib uyg‘unlashgan ta’mini mujassam etadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Tovuq soni − 2 dona;
  • Kartoshka − 3 dona;
  • Tuxum − 4 dona;
  • Piyoz − 1 dona;
  • Bodring − 1 dona;
  • Pishloq − 150-200 gramm;
  • Ko‘kat va mayonez.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq go‘shti, kartoshka va tuxum qaynatib olinadi;
  2. Piyoz mayda to‘g‘raladi. Tovuq go‘shti biroz kattaroq bo‘laklarga bo‘linadi. Pishloq, kartoshka va tuxum oqi va sarig‘i alohida qirg‘ichdan o‘tkaziladi;
  3. Maxsus idishga tovuq, piyoz, kartoshka, tuxum sarig‘i va pishloq qatlam qilib joylashtiriladi. Shuningdek, piyozdan tashqari har bir qatlam yuzasiga mayonez suriladi. Eng ustki qatlamga esa tuxumning oqi sepiladi;
  4. Mahsulotlarni qatlam qilib joylashtirayotganda ularni to‘rtburchak shaklda bo‘lishiga e’tibor berish lozim;
  5. Tayyor bo‘lgan salat 1-2 soat davomida muzlatkichda qoldiriladi;
  6. Bodring juda yupqa shaklda kesib olinadi. Buning uchun qirg‘ich yoki sabzavot tozalovchi vositadan foydalanish mumkin. So‘ngra bodring lentalari to‘rtburchak shakldagi salat ustiga qo‘yiladi va ko‘katlar bilan bezak beriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz