Turkiya poytaxti Anqara shahrida turk politsiyasi tomonidan o‘tazilgan tezkor tadbirda 10 nafar ayolni qo‘rqitib, pul evaziga fohishalik qilishga majburlagan 7 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda SonDakika’ga tayanib, UzNews xabar berdi.

Kadr: Telegram
Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zosi xorijlik turmush o‘rtog‘i yordamida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistonda iqtisodiy qiyin ahvolda qolgan ayollarga ish topib berish maqsadida ularni Turkiyaga olib kelgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Amalga oshirilgan tezkor tadbirda gumondorlarning manzillarida ov miltig‘i, pasportlar va 135 ming lira (taxminan, 190,5 million so‘m), 680 yevro va 36 dollar daliliy ashyo sifatida olingan.
Avvalroq Navoiyda boshpanasiz qizga o‘z uyidan joy berib, uni fohishalikka majburlagan ayol ushlangani, Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
