Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Muqaddas Sa’dullayeva folloverlarini hayotdan go‘zallik izlashga chaqirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram

Feruza Normatova “Milliy” telekanalidagi “Shirchoy” ko‘rsatuviga boshlovchi sifatida qaytdi.

Foto: Instagram

O‘zbek milliy akademik drama teatrining bir guruh aktrisalari To‘ti Yusupova holidan xabar oldi.

Foto: Instagram

25-mart kuni 15 kunlik konsert dasturiga yakun yasagan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Saida Mirziyoyeva uni “zapret”dan olib chiqqanini aytib, unga minnatdorchilik bildirdi.

Rixsitilla Abdullayev odamlarga olov bilan muomala qilgandek munosabatda bo‘lish haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay 26-mart kuni 45 yoshni qarshi oldi. Nurgul o‘g‘li va yana bir qiz unga gul berayotganini qiyqiriq bilan qarshi olgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda SanJay rafiqasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga atab qo‘shiq kuyladi.

Xonanda Ozoda Nursaidova muxlislariga 7—12-aprel kunlariga mo‘ljallangan konserti qoldirilmaganini ma’lum qildi.

Aktrisa Ra’no Shodiyeva imkoniyati cheklangan ayollarga tikishni o‘rgatadigan atelye ochdi.

От qwert.uz