Kim Kardashyanning 2021-yilgi Met Gala konserti uchun tanlagan obrazi muhokamalarga sabab bo‘ldi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle
Realiti-shou yulduzi qizil yo‘lakda Balenciaga brendidan yuzini yopib turadigan kapron-g‘ilofli ko‘ylakda ko‘rinish bergan. Boshdan oyoq qora va etagi uzun libos kiygan model, obraziga mos botfort tanlagan.

Foto: Elle

Foto: Elle
TMZ nashrining ma’lum qilishicha, aynan Kanye Uest (sobiq) rafiqasini shunday obraz tanlashiga undagan. Uning fikricha bu: “San’atga katta ishora va an’anaviy moda doirasidan chiqish” demakdir.

Foto: Elle
Kardashyanga marosimda Balenciaga brendining kreativ direktori Demna Gvasaliya hamrohlik qilgan. Model o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun u ham qora kiyinib olgan.