Ushbu yegulik nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 3-4 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • bodring — 1 dona;
  • non — 6 bo‘lak;
  • mayonez;
  • pishloq;
  • kolbasa;
  • salat bargi.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qaynatilgan tuxumni bo‘laklarga bo‘ling.
  • Pomidor va bodringni ham to‘g‘rang.
  • Nonni yog‘ solinmagan tovada qovurib oling.
  • Nonning bir bo‘lagiga mayonez surting.
  • Pishloq bo‘lagi ustidan tuxum keyin kolbasa, pomidor, bodring va ko‘katlar qo‘yib chiqing.
  • Yana bir boshqa non bo‘lagining bir tarafiga mayonez surting, ko‘kat qo‘ying.
  • Ikkinchi tomoniga ham mayonez surting.
  • Yuqoridagi singari mahsulotlarni terib chiqing.
  • Ustini uchinchi mayonez surtilgan non bo‘lagi bilan yoping.
  • Xuddi shu ketma-ketlikda sendvich tayyorlang.
  • Ikkalasini birlashtirib, uchburchak shaklda kesing.
  • Mahsulotlar to‘kilib ketmasligi uchun cho‘pli six bilan mahkamlang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz