Muxlislar tomonidan bir-biriga haddan ortiq o‘xshashi ta’kidlanadigan mashhurlar va ularning farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Milla Yovovich va Ever Gabo Anderson

Foto: Harper’s Bazaar

Rejissor Pol Andersonning qizo Ever onasi Milla Yovovichga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi.

Devid va Romeo Bekhemlar

Foto: Harper’s Bazaar

Devid va Romeoning birga tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqqa joylanganidan keyin foydalanuvchilar ularning shunchalik o‘xshashligidan hayratda qolgan. Romeoning ko‘rinishidan tashqari tanlovi ham otasinikiga o‘xshaydi. U ham Devid singari futbol va modellik biznesida o‘zini sinab ko‘rishni istaydi.

Jennifer Lopes va Emma Entoni

Foto: Harper’s Bazaar

Muxlislarning ta’kidlashicha, katta bo‘lgani sayin Emma tobora onasiga o‘xshab boryapti.

Jizel Byundxen, Benjamin va Vivyen Bredi

Foto: Harper’s Bazaar

Jizel va Tomning farzandlari ko‘rinish jihatidan ko‘proq onasiga o‘xshaydi.

Jud Lou va Raff Lou

Foto: Harper’s Bazaar

Judning farzandi Raffning ko‘rinishiga nazar tashlab, uning otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshashini payqash mumkin.

Nikol Richi va Xarlou Medden

Foto: Harper’s Bazaar

Xarlouning malla sochlari, teri rangi va katta ko‘zlari Nikolga o‘xshashini bilish qiyin emas.

Julianna Mur, Kaleb va Liv Freyndlix

Foto: Harper’s Bazaar

Julianna Murning farzandlari mallasoch ekaniga qaramay, yuz tuzilishlari onasiga o‘xshab ketadi.

Keyt Moss va Lila Moss

Foto: Harper’s Bazaar

Lila Moss Milan moda haftaligi doirasida Fendi va Versace’ning hamkorlikdagi ko‘rgazmasida haqiqiy yulduzga aylangan. Omadi chopgan yosh modelga nazar tashlagan ko‘pchilik Keyt Mossning yoshligini xotirlagan.

Riz Uizerspun va Ava Fillipp

Foto: Harper’s Bazaar

Riz Uizerspun va Ava Fillipp shunchaki o‘xshamaydi, balki egizaklardek taassurot qoldiradi.

Goldi Xoun va Keyt Xadson

Foto: Harper’s Bazaar

Kinosanoatga bitta Goldi Xoun kamlik qilgan chog‘i, uning o‘ziga o‘xshaydigan qizi Keyt Xadsonni quchoq ochib kutib olgan.

Sindi Kroufpord va Kayya Gerber

Foto: Harper’s Bazaar

Kayyaning ko‘rinishi ham aksariyat yulduzlarning farzandi singari onasinikiga o‘xshaydi.

От qwert.uz