Noodatiy salat bilan bayram dasturxonini bezang.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 3-4 dona;
  • sabzi — 2 dona;
  • tuxum — 3-4 dona;
  • dudlangan tovuq — 300-350 g;
  • mayonez;
  • shivit;
  • klyukva;
  • anor donachalari;
  • konservalangan jo‘xori.

Tayyorlanish jarayoni

  • Kartoshka, sabzi va tuxumni qaynatib pishirib oling.
  • Tovuq go‘shtini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.
  • Sabzi va tuxumning oqidan biroz bezak uchun olib qo‘yib, qolganini qirg‘ichdan chiqaring.
  • Idishga kartoshkani archa shaklida solib chiqing.
  • Keyin tovuq go‘shti, tuxum va sabzini ham kartoshka ustidan solib chiqing.
  • Har bir qavatdan avval va keyin mayonez surtishni unutmang.
  • 2-3 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Shivitni maydalang, tuxumning oqi va sabzidan kichkina yulduzchalar yasab oling.
  • Salatning ustini shivit bilan qoplang.
  • Mayonez, sabzidan yasalgan yulduzchalar, anor donachalari va jo‘xori bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz