Ushbu sharqona taom hamisha ziravorlar va xushbo‘y ta’mga egaligi bilan mashhur bo‘lib kelgan. Navbatdagi retsept iftorlik dasturxoni uchun ayni muddao.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • maydalangan no‘xat — 220 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • sabzi — 2 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • zaytun moyi — 2 osh qoshiq;
  • zarchava — 1 choy qoshiq;
  • kardamon — 1 choy qoshiq;
  • paprika — 1 choy qoshiq;
  • timyan — 1 choy qoshiq;
  • dafna bargi — 1 choy qoshiq;
  • bulyon — 1200 gramm;
  • murch — 1/2 choy qoshiq;
  • mayiz — 2 osh qoshiq;
  • ko‘kat va tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. No‘xatlar suvda 30-40 daqiqaga ivitiladi.
  2. Sabzavotlar to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, zaytun moyida qovurib olinadi va ko‘kat solib, 7-8 daqiqa pishiriladi.
  3. Ustidan sarimsoq va ziravorlar qo‘shiladi. So‘ngra no‘xat ham qo‘shilib, bulyon quyiladi.
  4. No‘xat yumshoq bo‘lgunga qadar 30-40 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi.
  5. So‘ngra tuz, qalampir, mayiz qo‘shib, 5 daqiqa qaynatiladi.
  6. Dasturxonga tortishdan avval sho‘rvani quritilgan non va ko‘katlar bilan bezash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz