«HАVАS…»
-«Bazan mashxurlikni, havas qilgancha,
Xayotini xavfga — qoʼyganlar qancha!».
«SUV — OBI-HАYOT, LEKIN…»
-«Suvni obi-hayot deya, sharaflab,
Doim tashnalikda — ichamiz xoʼplab.
Lekin hushyorliging — yoʼqolgan zamon,
Suv seni yetaklar — xalokat tomon!».
«QАLBIN XАM QOʼSHMАSА…»
-«Moʼyqalam ustasi, boʼlsada rassom,
Qalbin xam qoʼshmasa — asar boʼlur xom!».
«KOʼZING KOʼRGАCH…»
-«Koʼzing koʼrgach, shunda sen ishon,
Xaqiqatdan, demak — bu nishon!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF