
«MUSHUKGА JOY QАYGʼU…»
-«Echkiga jon qaygʼu, qassobga yogʼ qaygʼu,
Mushukga joy qaygʼu — ha, tanish bu tuygʼu!».

«TURIB QOLMА…»
-«Аro yoʼlda — turib qolma hech,
Davom etgin — boʼlmay turib kech.
Dadil qadam tashlash — joizdir,
Kafolati — «Bir yuz» foizdir!».

«POLАPONLАR…»
Polaponlar boʼldi, uchirma — birok,
Endi ular ketdi — yanada yiroq.
Ota-ona maʼyus — qarar ortidan:
-«Nahot bizlar chiqsak — ular yodidan!».

«MENING ORZUIM…»
-«Soch turmaging, nega — gʼalati doim?»,
-«Qizil kitob axir — mening orzuim!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF