O‘zingizga yoqqan kolbasa, salat bargi va sabzavotlardan mazali ta’mga ega bo‘lgan shaurmani tayyorlab ko‘rishingiz mumkin. Unga boshqa sabzavotlarni ham qo‘shsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • kolbasa — 300-350 gr
  • o‘simlik yog’i — 1-2 qoshiq
  • bodring — 2-3 dona
  • salat bargi — 1 bog‘
  • yupqa lavash noni — 2 dona
  • “morkovcha” — 200 g
  • mayonez — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Kolbasani mayda bo‘laklarga bo‘lib oling, tovaga yog‘ solib qizdiring va uni qizargunga qadar bir necha daqiqa davomida qovurib oling. Qovurilgan kolbasani qog‘oz sochiqqa qo‘ying.
  2. Bodringni yupqa qilib to‘g‘rab oling. Salat bargini qo‘lingiz bilan bo‘laklarga bo‘lib oling.
  3. Lavash xamirini yoying. Ustiga kolbasa, sabzi, salat bargi, bodringning yarmini soling, mayonez qo‘shing va o‘rama hosil qiling. Xuddi shu tarzda ikkinchi shaurmani tayyorlang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz