Vermishel qo‘shib tayyorlanadigan tovuqli sho‘rva to‘yimli va mazali ta’mga ega bo‘ladi. Qaymoq sho‘rvaga yanada mazali ta’m beradi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

4 kishilik portsiya uchun kerakli masalliqlar:

  • tovuq go‘shtining son qismi — 2-3 dona
  • suv — 1800 ml
  • sabzi — 1 dona
  • piyoz — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • vermishel — ta’bga ko‘ra
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq
  • un — 1 osh qoshiq
  • qaymoq — 150 ml

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq go‘shtining son qismlarini sovuq suvga soling va 30 daqiqa qaynatib oling. Pishirilgan go‘shtni tarelkaga solib salqin joyga qo‘ying.
  2. Fileni suyaklardan ajratib oling va o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib oling. Ustiga sho‘rvani soling.
  3. Sabzini katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Piyozni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  4. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Sabzavotlarni yumshoq bo‘lgunga qadar, qizartirmasdan qovuring.
  5. Ustiga tovuqli sho‘rvani, tuz va murchni qo‘shing. Qaynab chiqqanidan so‘ng, vermishelni soling va tayyor bo‘lgunga qadar taxminan 5-6 daqiqa davomida pishiring.
  6. Sariyog‘ni o‘rtacha olovda qizdirilgan idishda eritib oling. Ustiga unni soling va aralashtirib, bir yarim daqiqa qovuring.
  7. Idishdagi 100-150 ml sho‘rvani tovaga soling va hech qanday bo‘lak qolmasligi uchun yaxshilab aralashtiring. Qaymoq qo‘shing va yana aralashtiring. 
  8. Sho‘rvani idishga quying va aralashtiring. Yana 1-2 daqiqa pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz