Guruch va yasmiq qo‘shib tayyorlanadigan turkcha sho‘rva mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq
  • un — 1 choy qoshiq
  • paprika — 1 choy qoshiq
  • tomat pastasi — 1 dona
  • suv — 1400 ml
  • qizil yasmiq — bir stakanning to‘rtdan bir qismi
  • bulgur — bir stakanning to‘rtdan bir qismi
  • guruch — bir stakanning to‘rtdan bir qismi
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni mayda qilib to‘g‘rab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini va sariyog‘ni o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni yumshoq va yengil qizargunga qadar qovuring.
  3. Piyozga un va paprika seping, aralashtiring va yana 1-2 daqiqa pishiring. Tomat pastasini qo‘shing va 1 daqiqa qovurib oling.
  4. Boshqa idishda suvni qaynatib oling. Qaynagandan keyin unga yasmiq, bulgur va guruch qo‘shing. Mahsulotlarni 20 daqiqa davomida qaynatib oling. 
  5. Sho‘rvaga tuz qo‘shing va dasturxonga tortishdan oldin unga ko‘kat soling. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz