Qizartirilgan tovuq sonlaridan tayyorlanadigan yegulik mazali bo‘ladi, unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni va sabzavotlarni qo‘shishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq soni — 6 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • sariyog‘ — 5 osh qoshiq
  • xantal — 3 osh qoshiq
  • suyuq asal — 2 choy qoshiq
  • sarimsoq kukuni — yarim choy qoshiq
  • parmezan pishlog‘i — 70 g
  • maydalangan non bo‘laklari — 150 g
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq

Tayyorlanishi: 

  1. Tovuq sonlarini yuvib oling va qog‘oz sochiq bilan quriting. Uning ustiga murch va tuz soling.
  2. Eritilgan sariyog‘ni xantal, asal va sarimsoq kukuni bilan aralashtiring.
  3. Ezilgan non bo‘laklari, tuz va murch bilan maydalangan parmezanni aralashtiring.
  4. Avval har bir sonni yog‘ aralashmasiga botirib oling, so‘ngra ezilgan non bo‘laklari bilan aralashtiring.
  5. Tovuqni o‘simlik yog‘i surtilgan qolipga soling. Yegulikni taxminan 45 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz