Yumshoq shirinlik yoqimli hidga va mazali ta’mga ega. Xamirning ichiga o‘zingizga yoqqan murabboni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Xamir uchun kerakli masalliqlar:

  • sariyog‘ — 65 g
  • sut — 300 ml
  • apelsin — 1 dona
  • un — 500 g
  • tuz— 1 qoshiq
  • xamirni tez achituvchi xamirturush — yarim qoshiq
  • shakar — 50 g
  • tuxum — 1 dona

Xamirning ichiga solinadigan masalliqlar:

  • mayiz — 85 gr
  • sariyog‘ — bir yarim qoshiq va moylash uchun
  • jigarrang shakar — 100 g
  • maydalangan dolchin — 2 qoshiq 

Tayyorlanishi:

  1. Kichkina idishda sariyog‘ni eritib oling. Sutni soling va aralashtiring, aralashmani taxminan 35-40 haroratda bo‘lgunga qadar qizdiring.
  2. Mayda tishli qirg‘ichdan foydalanib, apelsinning po‘stlog‘ini olib tashlang, uni elangan un, tuz, xamirturush va shakar bilan aralashtiring. Tuxumni vilka yordamida aralashtirib oling.
  3. Un aralashmasining markazida chuqurcha hosil qiling. Unga sariyog‘ va tuxum bilan iliq sutni qo‘shing. Yumshoq va biroz yopishqoq bo‘lgan xamir hosil qiling.
  4. Xamirni to‘p shakliga keltiring, katta idishga solib, ustini pishiriq paketi bilan yoping va bir yarim, ikki soat issiq joyga qo‘ying.
  5. Mayizlarni 10-15 daqiqa davomida iliq suvga solib qo‘ying va keyin suvdan olib yaxshilab quriting. Pishiriq idishini sariyog‘ bilan yog‘lang. Shakarni dolchin bilan aralashtiring.
  6. Xamir hajmidan ikki barobar kattalashganda, uni, taxminan, 30×40 sm o‘lchamdagi to‘rtburchaklar qatlamiga aylantiring.
  7. Xamirga erigan sariyog‘ni bir tekis surting, keyin ustidan shakar aralashmasi va mayiz seping.
  8. Qisqa tomondan to‘rtburchakni o‘ramga aylantiring, qirralariga shakl berib chiqing va uni 10 yoki 12 qismga bo‘ling.
  9. Xamirni pishiriq varag‘iga qo‘ying, ustini sochiq bilan yoping va 30-40 daqiqa davomida iliq joyda qoldiring.
  10. Pechni 190 daraja haroratda oldindan qizdiring. Dolchinli va mayizli bulochkalarni qizargunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz