Ishtahani ochuvchi sous, suvli va qizil pishloqdan tayyorlangan ushbu buterbrodlar mazali ta’mga ega. Nonushtangizni eng yaxshi yegulik o‘zgartiring. Buterbrodlarni o‘zingizga yoqqan ko‘katlar bilan bezashingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • kolbasa — 80 g
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • kichkina piyoz — 1 dona
  • pishloq  — 70-80 g
  • non yoki baton — 4 bo‘lak
  • tomat sousi — 3 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Kolbasa va bulg‘or qalampirini uzunasiga to‘g‘rab oling va piyozni chorak qismga bo‘lib yoki kichikroq halqa shaklida kesib oling. Pishloqni ham maydalang.
  2. Nonni bo‘laklarini bo‘lib ustiga tomat sousini surting. Har biriga piyoz, kolbasa va bulg‘or qalampirini qo‘yib chiqing. Ustiga biroz tuz va pishloq soling.
  3. Issiq buterbrodlarni taxminan 15 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz