Qovoqdan tayyorlanadigan ushbu sho‘rva mazali va foydali. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz va qo‘shimcha ravishda boshqa sabzavotlardan ham foydalanishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Yandeks.ru”

Kerakli masalliqlar:

  • murch — ta’bga ko‘ra
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • ustki qobig‘i olinmagan qovoq urug‘lari — 50 g
  • shakar — 2 qoshiq
  • petrushka — 20 g
  • qaymoq — 200 ml
  • sariyog‘ — 100 g
  • sarimsoq — 6 dona
  • qizil piyoz — 1 dona
  • qovoq — 1 kg
  • tovuq sho‘rvasi — 1 litr

Tayyorlanishi:

Qizil piyoz va sarimsoqni mayda to‘g‘rab oling va sariyog‘da chuqurroq idishda qovuring. Birinchi piyoz, so‘ngra u yumshoq bo‘lganda sarimsoqni qovurib oling. Sarimsoq faqat kuchli hid paydo bo‘lguncha qovuriladi. Haddan tashqari pishirilgan sarimsoq achchiq ta’m hosil qilishi mumkin.

Foto: “Yeda.ru”

Keyinroq, mayda bo‘laklarga bo‘lingan qovoqni idishga solib, piyoz va sarimsoq bilan birga qovurish kerak, hech qaysi mahsulot kuyib ketmasligiga ishonch hosil qiling.

Foto: “Yeda.ru”

Qovoqni biroz yumshoq bo‘lguncha qovuring. Keyin idishga tovuq sho‘rvasi, murch, tuz, shakar qo‘shing va yana 5-7 daqiqa pishiring.

Foto: “Yeda.ru”

Tayyor bo‘lgan bo‘tqani blenderda yog‘sizroq qaymoq, petrushka (to‘g‘ralgandan keyin) bilan aralashtiring. Quruq tovada tozalangan qovoq urug‘larini qovurib olib, taomga qo‘shing.

Foto: “Yeda.ru”
Foto: “Yeda.ru”

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz