Yegulikning pechda pishiriladigan qismiga o‘zingizga yoqqan mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin. Masalan, dudlangan go‘sht yoki turli xil pishloqlardan foydalansangiz bo‘ladi. Ayniqsa, suluguni va motsarella pishlog‘i yegulikni yanada mazali qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qo‘ziqorin — 400 g
  • o‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • 1o foizli qaymoq — 500 ml
  • pishloq — 200 g
  • lazanya uchun xamir — bir necha bo‘lak

Tayyorlanishi:

  1. Qo‘ziqorinlarni mayda bo‘laklarga bo‘lib oling. Biroz o‘simlik yog‘ida qovuring va tuz, murch qo‘shing.
  2. Unga qaymoq qo‘shib qaynating va so‘ngra olovni o‘chiring.
  3. Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  4. Yegulik pishiriladigan idishning pastki qismiga biroz qo‘ziqorin sousini quying. Bir qatlamda bir nechta lazanya xamirlarini ustiga terib chiqing.
  5. Xamirlarning ustidan yana qo‘ziqorinli sous soling. Uning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq soling. Keyingi qatlamlarni ham xamirning ustiga sous solib, so‘ngra ustiga pishloq qo‘yilgan tartibda qiling.
  6. Qo‘ziqorinli lazanyani 180 daraja haroratda 20 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz