Ushbu taom o‘rtacha achchiq ta’mga va juda xushbo‘y hidga ega. Taom pishloq bilan birga yanada mazali ta’mni hosil qiladi. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 1 dona
  • tuz — yarim qoshiq
  • maydalangan zira — 1 qoshiq
  • quritib maydalangan sarimsoq — yarim qoshiq
  • quritilgan yalpiz — 2 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq
  • piyoz — 1 dona
  • tovuq go‘shti qiymasi — 250 g
  • pomidor qaylasi — 3-4 qoshiq
  • quritib maydalangan qizil qalampir — yarim qoshiq yoki bir qoshiqning uchdan bir qismi
  • pomidor — bir necha bo‘lak
  • pishloq — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonni uzunligi bo‘yicha yarmiga bo‘ling va uning ichini to‘r shaklida, uncha chuqur bo‘lmagan holatda kesib oling.
  2. Tuzni zira, sarimsoq va yalpiz bilan aralashtiring.
  3. Baqlajonni idishga terib chiqing. Har bir bo‘lakka bir osh qoshiq o‘simlik yog‘i quying. Bir qoshiq tuz aralashmasini baqlajonning ustiga surting.
  4. Baqlajonlarni taxminan 30-40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda yetarlicha yumshoq bo‘lgunga qadar pishiring.
  5. Piyozni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  6. Qolgan o‘simlik yog‘ini tovada qizdirib oling. Piyozni yumshoq bo‘lguncha va yengil qizarguncha bir necha daqiqa davomida qovuring.
  7. Qiymani tovaga soling va aralashtirib, 3-4 daqiqa davomida qovuring. Qiymaning katta bo‘laklarini qoshiq bilan mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  8. Qiymaga pomidor qaylasini, qolgan tuz aralashmasini va quritib maydalangan qizil qalampirni qo‘shing. Hammasini aralashtiring va yana 7-10 daqiqa davomida pishiring.
  9. Baqlajonni pechdan oling. Qayiq shaklidagi baqlajonlarni shaklini yo‘qotmasdan ichini o‘yib oling.
  10. O‘yib olingan baqlajon bo‘laklarini maydalang va qiyma bilan aralashtiring.
  11. Baqlajonning ichini to‘ldirish uchun unga qiyma aralashmasini soling. Pomidorni baqlajonning ustiga qo‘ying va ustiga maydalangan pishloq seping.
  12. Baqlajon ustidagi pishloq qizarishi uchun 10-15 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz