Sous qo‘shib tayyorlanadigan ushbu yegulik juda mazali va yumshoq bo‘ladi. Agar sous uchun pomidor topa olmasangiz, oddiy tomat pastasidan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun tomat pastasini suv bilan aralashtiring.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:
- guruch — yarim stakan
- piyoz — 1 dona
- qiyma — 500 g
- tuxum — 1 dona
- tuz — ta’bga ko‘ra
- murch — ta’bga ko‘ra
- pomidor qaylasi — 400 g
- quritilgan rayhon — yarim qoshiq
- pishloq — 100 g
Tayyorlanishi:
- Guruchni pishgunga qadar qaynatib oling.
- Piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Qiymaga guruch, piyoz va tuxum qo‘shing. Uni tuz va murch bilan aralashtirib oling.
- Qiymani to‘pchalarga aylantiring va ularni chuqurroq idishga soling.
- Pomidor qaylasini ko‘katlar bilan aralashtiring. Go‘shtli to‘pchalarga pomidor qaylasini qo‘shing. Unga pishloq qo‘shing.
- Yegulikni pechda taxminan 40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring.
Yoqimli ishtaha!