Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra xamiri qat-qat rogalikni tayyorlash juda oson. Quyultirilgan sut esa desertga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotar:

  • xamirturushsiz qat-qat xamir — 450 gramm;
  • quyultirilgan sut — 200 gramm;
  • sut — 3 osh qoshiq;
  • shakar — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xamir 15-20 santimetr kenglikda to‘rtburchak shaklida yoyiladi.
  2. Yoyilgan xamir 8-10 ta to‘rtburchakka bo‘linadi. Har bir xamirning o‘rtasidan kesilib, uchburchak shakl hosil qilinadi.
  3. Uchburchak xamirlarning keng qismiga 1-2 choy qoshiqdan quyultirilgan sut solinib, rulet shaklida aylantiriladi.
  4. Pech oldindan 200 darajada qizdiriladi. Pishiriq varag‘iga pergamnet qog‘oz solinadi.
  5. Rogaliklar pishiriq varag‘iga terilib, ustidan sut surtiladi va shakar sepiladi.
  6. 15-20 daqiqa davomida shirinliklar qizargunga qadar pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz