Ushbu taomda oregano va sarimsoqning nozik hidi, pishloq va cherri pomidorining nordon ta’mi uyg‘unlashadi. Qovoqcha, pomidor va pishloqdan tayyorlanadigan taomga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoqcha — 1400 g
  • tuz — 2 qoshiq
  • cherri pomidori — 250 g
  • sarimsoq — 3 dona
  • pishloq — 100 g
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 qoshiq va qo‘shimcha moylash uchun 
  • quritilgan oregano
  • tuxum — 6 ta
  • sut — 160 ml
  • un — 40-50 g
  • murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchani kattaroq tishli qirg‘ichdan o‘tkazing yoki uzunasiga maydalab to‘g‘rang. Unga bir qoshiq tuz soling va aralashtirib 15 daqiqaga qoldiring. Keyin qovoqchadan ajralib chiqqan suvni siqib oling.
  2. Cherri pomidorlarini bo‘laklarga bo‘ling. Sarimsoqni pichoq bilan maydalang va pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing.
  3. O‘simlik yog‘ini qizdiring. Pomidorlarni sarimsoq va oregano bilan aralashtiring. O‘simlik yog‘i qizdirilgan idishga solib  4-5 daqiqa davomida qovuring.
  4. Tuxumni sut, un, tuz va qalampir bilan ko‘pirtiring va unga pishloq, qovoqcha, pomidor qo‘shib aralashtiring.
  5. Masalliqlarni yog‘langan idishga soling. Qovoqchali pirogni 50-60 daqiqa 180 daraja haroratda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz