Yogurtli sufle nozik ta’mni qadrlovchilar uchun eng yaxshi shirinliklardan biri hisoblanadi. Unga o‘zingiz yoqtirgan rezavor mevalarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • sariyog‘ — 2 qoshiq
  • shakar — 50 g va yana ustiga sepish uchun
  • tuxum — 2 dona
  • yogurt — 280 g
  • un — 3 qoshiq
  • tuz — 1 chimdim
  • vanilin — yarim qoshiq
  • limon kislotasi — 1 chimdim

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 190 daraja haroratda qizdiring va oldindan oltita qolipni sariyog‘ bilan yog‘lab shakar seping.
  2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajrating. Tuxum sarig‘ini yogurt, un, tuz va vanilin bilan ko‘pirtiring.
  3. Tuxumning oqini limon kislotasi bilan ko‘pirtiring. Unga shakar qo‘shing va qattiq ko‘pirguncha yana 4-5 marta aralashtiring.
  4. Sekin-asta tuxumning oqini yogurt aralashmasiga solib aralashtiring. Qoliplarni massa bilan to‘ldiring va sufleni 15 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz