Ushbu retsept dieta qilayotgan insonlar uchun juda foydali, shu bilan birga organizmga ko‘p vitamin yetib borishining samarali usuli hisoblanadi. Ta’mi ko‘p jihatdan bananning sifatiga bog‘liq. Uning  yaxshi pishgani va shirinini tanlagan ma’qul.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Yozda bu ichimlikni yangi uzilgan ismaloq bilan, qishda esa muzlatilgani bilan tayyorlashingiz mumkin. Ikki porsiya uchun ikki-uch bog‘ ismaloq kifoya qiladi.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • ismaloq — 1 ta katta bog‘
  • banan — 2 dona
  • suv — yarim stakan 

Tayyorlanishi:

  1. Ismaloqni yaxshilab yuving va quritib oling.
  2. Banan va ismaloqni blender idishiga soling, ustiga suv quying. Mahsulotlarni yaxshilab, mayin holatga kelguncha ezing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz