Mazkur to‘yimli yegulik ta’mi va ko‘rinishidan mini pitssalarga o‘xshaydi. Yanada mazaliroq qilish uchun nachinkasiga pomidor sousi, zaytun va boshqa ingrediyentlarni qo‘shing.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Shutterstock

Mahsulotlar:

  • baqlajon — 1 dona
  • motsarella — 70 g
  • dudlangan kolbasa — 50 g
  • cherri pomidorlari — 5-6 dona

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 175 darajaga oldindan qizdiring. Pech patnisiga pergament qog‘oz soling.
  2. Baqlajonni qalin doira shaklida kesib oling, tuzlang va 10-15 daqiqaga qoldiring.
  3. Motsarellani mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Kolbasa bo‘laklarga, pomidorni ikkiga bo‘ling.
  4. Baqlajonni pech patnisiga terib, har bir bo‘lak ustiga kolbasa va yarimta pomidor qo‘ying.
  5. Ustidan pishloq seping, oldindan qizdirilgan pechda 25 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz