Lifehacker nashri jaziramada ayni muddao bo‘lgan yaxna choy retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shakar — 200 gramm;
  • suv — 2 litr;
  • qora choy — 4 ta paket;
  • apelsin sharbati — 250 ml;
  • limon sharbati — 80-90 ml;
  • apelsin yoki limon — 1 dona;
  • muz, yalpiz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Idishga shakar hamda 250 ml suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatib olinadi.
  2. Sirop olovdan olinib, choy va to‘g‘ralgan yalpiz qo‘shiladi. Aralashtirilib, 10 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Sirop suzgich yordamida choy va yalpizdan suzib olinadi.
  4. So‘ngra qolgan sovuq suv va sitrus sharbati bilan aralashtiriladi.
  5. Ichimlik muz va meva bo‘laklari bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz