Lifehacker nashri taqdim etgan navbatdagi retseptga ko‘ra, shokolad, tvorog hamda gilosning o‘zaro uyg‘unlikdagi ta’mi barchaga manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • muzlatilgan yoki yangi gilos — 400 gramm;
  • qora yoki sutli shokolad — 200 gramm;
  • sariyog‘ — 120 gramm;
  • tuxum — 5 dona;
  • shakar — 150 gramm;
  • vanil — 1 osh qoshiq;
  • tvorog — 300 gramm;
  • un — 150 gramm;
  • qabartma — 1 choy qoshiq;
  • tuz — bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Agar gilos muzlatilgan bo‘lsa, muzdan eritiladi.
  2. Shokolad bo‘laklarga bo‘linadi va sariyog‘ bilan bir idishga solinadi.
  3. So‘ngra bug‘da eritiladi va silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  4. 3 ta tuxumni 50 gramm shakar, vanil va tuz bilan mikserda aralashtiriladi.
  5. Yana bir idishda tvorog, 2 ta tuxum va shakarning qolganini qo‘shib, aralashtiriladi.
  6. Shokoladli massani birinchi tuxumli aralashmaga qo‘shib, mikser qilinadi. Ustidan elangan un hamda qabartma solinadi va yana mikserda aralashtiriladi.
  7. Pishiriq varag‘i yog‘lanadi. Ustiga dastlab shokoladli xamirning bir qismi solinadi. Ustidan tvorogli massa solinadi va gilos terib chiqiladi. So‘ngra yana shu holat takrorlanadi.
  8. Shirinlik 180 daraja pechda 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha! 

От qwert.uz