Ayrim mahsulotlarda kaloriya kam bo‘lishi rost. Ular hazmi yengilligi bilan ham foydali hisoblanadi. “Noviy ochag” nashri ana shunday salat, taom hamda ichimlik retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Kaloriyasi kam mahsulotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • Selder barglari eng past kaloriyali ko‘kat hisoblanadi.
  • Ismaloq nafaqat past kaloriyali, balki kalsiy, magniy, temir, yod va boshqa foydali moddalarga ham boy.
  • Bodring 90 foiz suvdan iborat bo‘lib, bu vazn uchun mutlaqo xavfsizdir.
  • Greypfruit metabolizmni rag‘batlantiradi, oziq-ovqatning yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi, organizmdan ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi.
  • Ko‘k choy tabiiy ravishda shakarsiz ichilsa, davolovchi xususiyatga ega.
  • Zanjabil issiqlik ajralishiga yordam beradi, bu energiya sarfini anglatadi.

Bodringli salat retsepti

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • salat barglari — 200 gramm;
  • bodring — 2 dona;
  • ko‘k piyoz — 1 dona;
  • tuxum sarig‘i, tuz, steviya (shakar o‘rniga);
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • zaytun moyi — 1/2 choy qoshiq;

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Salat barglari yuviladi va qog‘oz salfetkada quritiladi. Barglarni teng qismga bo‘linadi.
  2. Yangi yoki tuzlangan bodring parrak shaklida bilan to‘g‘rab olinadi va salat bargiga qo‘shiladi.
  3. Ko‘kat to‘g‘ralib, hamma narsani aralashtiriladi.
  4. Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi, sarig‘iga 1 paket yoki 1 gramm steviya, tuz, limon sharbati va zaytun moyi qo‘shib aralashtiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Qovoqchali karpachcho retsepti

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 2 dona;
  • zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • ukrop va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqchaning po‘sti tozalanadi va ingichka uzun tasma shaklida kesib olinadi.
  2. Idishga chiroyli tarzda terib chiqiladi.
  3. Qolgan barcha mahsulotlar bilan aralashtirilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Karamli sho‘rva-pyure retsepti

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • sabzi —1 dona;
  • piyoz — 5 dona;
  • qizil bulg‘ori qalampiri — 2 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • karam, ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Suvni qaynatib olinadi va tozalangan barcha mahsulotlar solinadi.
  2. Qopqoq bilan yopib, o‘rtacha olovda 10 daqiqa qaynatib olinadi.
  3. Sabzavotlarni blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Tayyor bo‘lgan pyurega tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  5. Ustiga ko‘katlar sepilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Ratatuy retsepti

Foto: “Noviy ochag”
  • baqlajon — 300 gramm;
  • qovoqcha — 300 gramm;
  • pomidor 1 — kilo;
  • piyoz — 2 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona.
  • sarimsoq — 3 bo‘lak;
  • zaytun moyi — 2 osh qoshiq;
  • tuz va ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sabzavotlar yaxshilab yuviladi. Qovoqcha va baqlajonning poyasi kesib olinadi va bulg‘orining urug‘lari olib tashlanadi.
  2. Pomidorlar ikkita teng qismga bo‘linadi, ularga qaynoq suv quyiladi va tozalanadi.
  3. Sous uchun piyoz mayda to‘g‘raladi, 1 osh qoshiq zaytun moyida yarim pishgunicha qovuriladi. Bir chimdim tuz qo‘shiladi.
  4. Tozalangan pomidor, bulg‘or qalampiri mayda to‘g‘ralib, piyozga qo‘shiladi.
  5. Barcha sabzavotlarni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuriladi. Pishishidan biroz avval ozroq suv quyish mumkin.
  6. Qovoqcha, baqlajon va pomidor bir xil qalinlikdagi parrak shaklida kesiladi.
  7. Zaytun moyi maydalangan sarimsoq va ziravorlar bilan aralashtiriladi, tuz qo‘shiladi.
  8. Qolipning pastki qismiga sous quyiladi.
  9. Sous ustidan parrak shaklidagi sabzavotlar terib chiqiladi.
  10. Ustidan sarimsoq va ziravorli yog‘ quyiladi.
  11. Qolip folga bilan yopiladi, 180 daraja haroratda 35 daqiqa davomida pechga qo‘yiladi.
  12. So‘ngra folga olib tashlanadi va yana 20 daqiqa pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Kokos sutili smuzi retsepti

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • olma — 1 dona;
  • selder — 1 dona;
  • kivi — 2 dona;
  • ismaloq — 50 gramm;
  • gazsiz mineral suv — 2 osh qoshiq.
  • bodom yoki kokos suti.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Mevalar tozalanadi va mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  2. Barchasi blenderda silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  3. Ustidan mineral suv quyilib va silliq bo‘lguncha yana bir necha soniya aralashtiriladi.
  4. Smuzi muzlatkichda sovitilib, so‘ngra dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz