Williams Et Oliver brendining oshpazi Nadejda Lyubimova o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan tetiklantiruvchi ichimliklarning oddiy va mazali retseptlari bilan o‘rtoqlashdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Zanjabil-laymli sprits

Foto: Elle

Tarkibi:

  • Soda — 500 ml
  • Laym — 4 dona
  • Zanjabil — 20 g
  • shakar — 60 g
  • Suv — 20 ml
  • Muz

Tayyorlash usuli:

  1. Kichikroq idishda shakarga suv qo‘shib, to‘liq erimaguncha qizdiring. Laymlar sharbatini siqib, sirop sovishini kuting.
  2. Zanjabil ildizini tozalang va mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. Zanjabilni elakdan o‘tkazib, laym sharbatini qo‘shing. Siropni ham qo‘shing.
  3. Grafinga muz solib, zanjabil-laymli siropni qo‘shing va ustiga soda soling.
  4. Ta’bga ko‘ra sitrus mevalarni bo‘laklab, limonadni bezang.

Greypfrut va rayhonli limonad

Foto: Elle

Tarkibi:

  • Greypfrut — 3 dona.
  • Rayhon — ½ bog‘
  • Shakar — 70 g
  • Suv — 20 ml
  • Soda — 300 ml
  • Muz

Tayyorlash usuli:

  1. Rayhonni blenderda maydalang, unga shakar va suv qo‘shing. Shakar eriguncha qaynating. Siropni sovuting.
  2. Greypfrutlardan sharbat siqib oling.
  3. Stakanga muz, rayhon siropi, greyfurt sharbati qo‘shing va soda bilan to‘ldiring.

Ko‘k choyli limonad

Foto: Elle

Tarkibi:

  • Ko‘k choy — 6 g
  • Limon — 3 dona.
  • Yalpiz — 1 dona
  • Olma — 1 dona.
  • Suv — 200 ml
  • Muz

Tayyorlash usuli:

  1. Ko‘k choyni qaynatib, sovishini kuting. Dokadan suzib oling.
  2. Limon sharbatini siqib, choy va yalpiz barglarini aralashtiring.
  3. Olmani bo‘laklab, grafinga soling. Muz va limonad bilan to‘ldiring.

От qwert.uz