Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoz jaziramasidan saqlanishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.

- Uzoq vaqt davomida tashqarida bo‘lishdan saqlaning, ayniqsa, kechasi.
 - Jaziramada jismoniy faoliyatni cheklashga harakat qiling.
 - Bolalar va hayvonlarni yopiq avtomobil ichida qoldirmang.
 - Normal tana haroratini saqlab turishga harakat qiling.
 - Ko‘proq suyuqlik iching (alkogol, kofein va shakarli suyuqliklardan tashqari).
 - Yengil kiyim kiying, tunda yengil choyshab tuting.
 - Salqin dush qabul qiling.
 - Iloji bo‘lsa, kuniga 2-3 soatni salqin joyda o‘tkazishga harakat qiling.
 - Kechasi xonalarda havo almashtirish, kunduzi esa deraza va pardalarni yopib, keraksiz elektron qurilmalarni o‘chirish orqali uyingizni salqin tuting (elektron uskunalar isib, xona ichidagi haroratni oshirishi mumkin).
 - Surunkali kasalligingiz bo‘lsa yoki bir vaqtda bir nechta dori-darmonlarni qabul qilsangiz, shifokoringizga murojaat qiling.
 - Agar boshingiz aylansa, kuchsizlansangiz, ortiqcha xavotir bosayotgan bo‘lsa, yoki qattiq tashnalik va bosh og‘rig‘ini his qilsangiz, tezkorlik bilan salqin joyga o‘ting.
 - Atrofdagilarga yordam bering: yaqinlaringiz, shu jumladan, yolg‘iz yashaydigan keksa odamlarning sog‘lig‘i haqida so‘rab turing.
 
