Bedana tuxumlari ushbu parhezbop salatning ta’mini yanada boyitadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- bedana tuxumi — 10 dona;
 - pishloq — 200 gramm;
 - pomidor — 3-4 dona;
 - bodring — 1 dona;
 - bulg‘or qalampiri — 1 dona;
 - urug‘siz zaytun — 90 gramm;
 - zaytun moyi — 4 osh qoshiq;
 - limon sharbati — 1 osh qoshiq;
 - tuz.
 
Tayyorlanish jarayoni:
- Tuxum qaynatib olinib, so‘ngra tozalanadi.
 - Barcha maxsulotlar to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va tuxum hamda zaytun bilan aralashtiriladi.
 - Oxirida zaytun yog‘i, limon sharbati va tuz qo‘shiladi.
 
Yoqimli ishtaha!
