Lifehacker nashri tayyorlash uchun atigi 30 daqiqa kifoya qiladigan mazali taom retsepti bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- qo‘ziqorin — 500 gramm;
- piyoz — 1-2 dona;
- o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qo‘ziqorin yupqa, piyoz esa mayda to‘g‘raladi.
- Tova o‘rta olovda qizdiriladi. Qo‘ziqorin solinib, suvi bug‘languncha pishiriladi.
- Ustida yog‘ quyilib, piyoz qo‘shiladi.
- 5-6 daqiqa davomida mahsulotlar qovuriladi, tuz va ziravorlar qo‘shilgach, taom olovdan olinadi.
Yoqimli ishtaha!