Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu taom ham mazali, ham foydali.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- mol jigari — 700-800 gramm;
- piyoz — 2 dona;
- o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
- sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
- smetana — 300 ml;
- un — 2 osh qoshiq;
- suv — 100 ml;
- tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Jigar to‘rtburchak, piyoz esa parrak qilib to‘g‘raladi.
- O‘simlik yog‘i o‘rtacha olovda qizdiriladi. Jigar bir necha daqiqa davomida qovuriladi.
- Alohida tovada sariyog‘ eritilib, piyoz qizargunga qadar qovuriladi.
- Smetana un va suv bilan aralashtiriladi.
- So‘ngra piyoz, jigar va smetanali aralashma bir idishga solinadi va 10 daqiqa davomida qaynatiladi.
- Taom pishishidan avval tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
Yoqimli ishtaha!