Pechda pishiriladigan kotletlar retsepti bekajonlar uchun ayni muddao. Shuningdek, parhezdagi insonlar ham iste’mol qilishi mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Vkusno i prosto”
Foto: “Vkusno i prosto”

Ko‘pincha bekalar kotletlarni faqatgina qovurib pishirish mumkin, deb o‘yladi. Aslida esa unday emas. Ko‘p miqdorda pishiriladigan kotletlar medaga tez tegishi bilan birga, sog‘liq uchun ham ancha zararli hisoblanadi. Pechda 180-220 darajada birozgina yog‘ bilan tayyorlanadigan kotletlar esa ancha foydali ham sanaladi.

Kartoshkali kotlet

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma go‘shti – 500 gramm;
  • kartoshka – 1 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • tuxum – 1 dona;
  • tuz va ziravorlar.

 Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qiyma, tuxum va mayda to‘g‘ralgan piyoz hamda kartoshka yaxshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  2. Pech yoqiladi, pishiriq qolipi yog‘lanadi. Kotletlar yopishmasligi uchun qo‘llar namlanadi.
  3. 180 daraja pechda 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Pishloq va ko‘katli kotlet

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma go‘shti – 500 gramm;
  • oq non – 100 gramm;
  • sut –  100 ml;
  • tuxum – 1dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • qattiq pishloq – 700 gramm;
  • ko‘kat va quritilgan non.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Nonni yumshatish uchun sutga bo‘ktiriladi. So‘ngra qiyma, mayda to‘g‘ralgan piyoz, ko‘kat va pishloq bilan aralashtirish kerak.
  2. Aralashmadan kotletchalar yasalib, oldindan qizdirilgan pechga qo‘yiladi.
  3. Kotletlar 30-35 daqiqada atyyor bo‘ladi va issiqligicha dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz