Sabzavotlar va tovuq filesidan tayyorlanadigan yegulik pishloq qo‘shilganidan keyin yanada xushta’m bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 4 dona;
  • piyoz — 2 dona;
  • pomidor —2 dona;
  • zaytun — 8-10 dona;
  • tovuq filesi — 350 g;
  • tuz, murch;
  • pishloq — 150 g;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qovoqchani uzunasiga o‘rtasidan bo‘ling.
  • Ichki qismini choy qoshiq yordamida o‘yib oling.
  • Piyoz va pomidorni maydalang, zaytunni dumaloq shaklda kesib chiqing.
  • Sabzavotlarni tovuq qiymasi bilan qo‘shib aralashtiring.
  • Tuz va murch seping.
  • Aralashmani qovoqchani ichiga solib chiqing, ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • Yog‘ surtilgan idishga terib chiqing.
  • 180-200 daraja qizigan pechda 35 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz