Mazkur retsept asosida tayyorlangan yegulikni guruch yoki kartoshkadan tayyorlangan garnir bilan qo‘shib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • bodring — 1 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • zaytun — 6-8 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • mayonez — 2 osh qoshiq;
  • petrushka — 2-3 bog‘;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Parrak shaklda kesib chiqilgan baqlajonlarga tuz seping, yog‘ surtib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Bodring va pomidorni ham parrak qilib kesib chiqing.
  • Zaytunni o‘rtasidan bo‘ling.
  • Maydalangan sarimsoqni mayonez bilan aralashtiring.
  • Sovigan baqlajonlar ustiga mayonez surting.
  • Ustidan bodring va pomidor qo‘yib chiqing.
  • Bodringning ustidan zaytun qo‘ying.
  • Petrushka bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz